«bahrom haydarov» tegli maqolalar


Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov qamoqxonada vafot etdi
5 mart 2024, 09:41

Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov qamoqxonada vafot etdi

Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov qamoqxonada vafot etdi. U 2022-yilning dekabrida o‘zlashtirish, talon-toroj qilish va mansab soxtakorligi kabi jinoyatlarda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Andijon shahri sobiq hokimi 10 yilga, prokurori 10,5 yilga qamaldi
27 dekabr 2022, 10:15

Andijon shahri sobiq hokimi 10 yilga, prokurori 10,5 yilga qamaldi

Andijon viloyatida 63 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblangan 45 nafar sudlanuvchining aksariyatiga qamoq jazosi tayinlandi. Xususan, Andijonning sobiq hokimi Bahrom Haydarov 10 yilga, sobiq prokuror Qurbonali Asqarov esa 10,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Bahrom Haydarov hibsga olingach uning 30 ta qaror va farmoyishi bekor qilindi
20 iyun 2022, 11:07

Bahrom Haydarov hibsga olingach uning 30 ta qaror va farmoyishi bekor qilindi

Andijon shahar sobiq hokimi Bahrom Haydarov hibsga olingach uning imzosi bilan 26 ta hujjat tasdiqlangandi. Shaharning yangi hokimi Gofurjon Abdurahmonov mazkur hujjatlarni, qolaversa, sobiq hokim imzolagan yana 4 ta hujjatni bekor qildi. Ularning asosiy qismi yer maydonini auksionga qo‘yish bilan bog‘liq.

Andijon shahriga yangi hokim tasdiqlandi
14 iyun 2022, 21:38

Andijon shahriga yangi hokim tasdiqlandi

Gofurjon Abdurahmonov Andijon shahar hokimi etib tayinlandi. Shaharning avvalgi hokimi Bahrom Haydarov talon-tarojlik to‘g‘risidagi jinoyat ishi doirasida qo‘lga olingan edi.

Andijon shahar hokimi hibsga olingach 26 ta qaror va farmoyishni imzoladi
9 iyun 2022, 12:17

Andijon shahar hokimi hibsga olingach 26 ta qaror va farmoyishni imzoladi

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov qamoqqa olingan kuni 24 ta qaror va farmoyish, ertasi kuni esa yana 2 ta hujjatni imzoladi. Ularning aksariyati yer maydonlarini onlayn auksionga qo‘yish bilan bog‘liq. Adliya boshqarmasi «soxtalashtirish ehtimoli» bilan qarorlarning qonuniyligini tekshirmoqda.

Andijon shahar hokimi ortidan viloyat XTB boshlig‘i ham hibsga olindi
8 iyun 2022, 15:16

Andijon shahar hokimi ortidan viloyat XTB boshlig‘i ham hibsga olindi

Andijon viloyati XTB boshlig‘i Azizbek Mirkomilov budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi tariqasida hibsga olindi. Seshanba kuni Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov protsessual tartibda ushlangani ma’lum bo‘lgandi.

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov hibsga olindi
7 iyun 2022, 13:07

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov hibsga olindi

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi sifatida hibsga olindi. U 2017−2019 yillarda Andijon viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan davrida katta miqdordagi budjet mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda.

Andijonda hokim noqonuniy tarzda deputat daxlsizligi huquqidan mahrum etildi
31 may 2022, 18:55

Andijonda hokim noqonuniy tarzda deputat daxlsizligi huquqidan mahrum etildi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan kiritilgan taqdimnoma bilan Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi sessiyasida ikki nafar deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish masalasi qonun va prezident farmoniga zid tarzda ko‘rib chiqilgani aytilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, deputatlardan biri — Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarovdir. U 2017 yildan 2019 yil oktabr oyiga qadar Andijon viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan davrida moliyaviy jinoyatlar sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov davlatga 1,7 mlrd so‘m zarar yetkazganlikda ayblanmoqda
22 fevral 2022, 11:49

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov davlatga 1,7 mlrd so‘m zarar yetkazganlikda ayblanmoqda

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov 8 ta holatda jami 19,6 ming kv. metr yer maydonini noqonuniy ajratish orqali davlat manfaatlariga 1 mlrd 779 mln so‘m zarar yetkazganlikda ayblanmoqda. Hokim bir vaqtning o‘zida deputat bo‘lganligi bois Andijon viloyati prokuraturasi uni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha Xalq depututlari Andijon viloyati kengashiga taqdimnoma kiritdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting